Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorlar ochiq axborot boʻlib, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga ularning yozma soʻrovlariga koʻra hech bir cheklovlarsiz taqdim etilishi kerak, bundan tijorat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir boʻlgan axborot mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Tovarlarni tasniflash boʻyicha berilgan dastlabki qarorlarning reyestrini yuritadi va uning davriy ravishda eʼlon qilinishini taʼminlaydi.