BJK · 378-modda

378-modda. Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish

Bojxona ishi, qoida tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida amalga oshiriladi.

Yuridik yoki jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslar bojxona ishida boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi bojxona organlarining axborot tizimlaridan foydalanishi mumkin.

Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish axborot xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.