Budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar moliya yili mobaynida budjetlar parametrlari oʻzgarganda yuqori va quyi turuvchi budjetlar oʻrtasida yuzaga keladigan oʻzaro pul munosabatlaridir.
Budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar:
qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlarining prognozi aniqlashtirilganligi;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning boʻysunuvi oʻzgarganda xarajatlar bir budjetdan boshqa budjetga oʻtkazilganligi;
kapital qoʻyilmalar limitlari budjetlar darajalari oʻrtasida qayta taqsimlanganligi munosabati bilan yuzaga keladi.
Budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblarga kiritilishi lozim boʻlgan summa yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organi tomonidan aniqlanadi.