BK · 158-modda

158-modda. Rezident-yuridik shaxslarga beriladigan (ochiladigan) budjet ssudalari va kredit liniyalari

Budjet ssudalari va kredit liniyalari rezident-yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida berilishi (ochilishi) mumkin.

Rezident-yuridik shaxslarga budjet ssudalari va kredit liniyalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi foiz stavkalari boʻyicha beriladi.

Rezident-yuridik shaxslarga budjet ssudalarini va kredit liniyalarini chet el valyutasida berish taqiqlanadi.

Budjet ssudalari budjet tashkilotlariga bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan beriladi.

Kredit liniyalari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan rezident-yuridik shaxslarga ularga xizmat koʻrsatadigan tijorat banklari orqali, shuningdek bevosita tijorat banklariga ochiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.