Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi:
budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikka, budjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi;
budjet tizimi budjetlarining xarajatlari ijrosi;
budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan toʻlovlarni amalga oshirishning navbatliligi, muddatlariga rioya etilishi va toʻliqligi;
budjet tizimi budjetlari mablagʻlarining maqsadli sarflanishi;
rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi;
Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik muassasalari tomonidan chet el valyutasidagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi;
pensiyalar va nafaqalar toʻgʻri tayinlanishi, hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
budjet subsidiyalari, ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan) maqsadli foydalanilishi;
insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi;
davlat xaridlari boʻyicha tender (tanlov) savdolarining toʻgʻri oʻtkazilishi;
hisobot yili yakunlari boʻyicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi.