FK · 288-modda

288-modda. Muomaladagi tovarlar garovi

Tovarlarni garovga qoʻyib, ularni garovga qoʻyuvchida qoldirish va ularning umumiy qiymati garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻpsatilganidan kamaymasligini shart qilib qoʻygan holda garovga qoʻyuvchiga garovga qoʻyilgan mol-mulkning tarkibi va asl shaklini (tovar zaxiralari, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va shu kabilar) oʻzgartirish huquqining berilishi muomaladagi tovarlar garovi hisoblanadi.

Garovga qoʻyilgan muomaladagi tovarlar qiymatining kamayishiga, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garov bilan taʼminlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mos keladigan darajada yoʻl qoʻyiladi.

Garovga qoʻyuvchi tomonidan boshqa shaxslapga bepilgan muomaladagi tovarlar egallovchining mulkiga yoki operativ boshqaruviga oʻtgan paytdan boshlab garov narsasi boʻlmay qoladi, garovga qoʻyuvchi tomonidan olingan, garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan tovarlar esa — garovga qoʻyuvchida ularga nisbatan mulk huquqi vujudga kelgan paytdan eʼtiboran garov narsasiga aylanadi.

Garovga qoʻyuvchi muomaladagi tovarlar garovi shartlarini buzgan taqdirda, garovga oluvchi garovga qoʻyilgan tovarlarga oʻz belgilari va muhrlarini (muhrlar mavjud boʻlgan taqdirda) bosib, tartibni buzish bartaraf qilingunga qadar ular bilan amalga oshipiladigan operatsiyalarni toʻxtatib turishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.