FK · 324-modda

324-modda. Qarzdorning zararni toʻlash majburiyati

Qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni toʻlashi shart.

Agar qonunchilikda yoki shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak boʻlgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan boʻlmasa, — daʼvo qoʻzgʻatilgan kunda mavjud boʻlgan narxlar eʼtiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni toʻlash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud boʻlgan narxlarni eʼtiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin.

Boy berilgan foydani aniqlashda kreditor tomonidan uni olish uchun koʻrilgan choralar va shu maqsadda koʻrilgan tayyorgarliklar hisobga olinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.