Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa va tegishli munosabatlarning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu bobning qoidalari, shuningdek:
haqiqiy boʻlmagan bitim boʻyicha bajarilgan narsani qaytarish toʻgʻrisidagi;
mulkdor tomonidan mol-mulkni birovning qonunga xilof tarzdagi egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi;
majburiyatidagi bir tarafning boshqa tarafga ana shu majburiyatlar munosabati bilan qaytarish toʻgʻrisidagi;
zararni, shu jumladan boylik orttirgan shaxsning insofsizlik bilan qilgan xatti-harakatlari tufayli yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablarga nisbatan qoʻllanilishi lozim.