FK2 · 1083-modda

1083-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi

Patent bilan muhofazalangan ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan oʻz xohishicha foydalanishdagi alohida huquq, shu jumladan muhofazalangan yechimlarni qoʻllangan holda mahsulot ishlab chiqarish, patent bilan muhofazalangan texnologik jarayonlarni oʻz ishlab chiqarishida qoʻllash, muhofazalangan yechimga ega boʻlgan mahsulotlarni sotish yoki sotishga taklif etish, tegishli mahsulotlarni chetdan keltirish huquqi patent egasiga tegishlidir.

Patent egasidan boshqa shaxslar uning ruxsatisiz ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanishga haqli emas, bunday foydalanish ushbu Kodeks yoki boshqa qonunga muvofiq patent egasining huquqlarini buzish hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno.

Patentlangan ixtironi, foydali model yoki sanoat namunasini qoʻllangan holda mahsulotni ruxsatsiz tayyorlash, qoʻllanish, chetdan olib kelish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlash, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllanish yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul vositasidagina tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlash patent egasi alohida huquqining buzilishi hisoblanadi.

Boshqacha holat isbotlangunga qadar mahsulot patentlangan usul bilan tayyorlangan hisoblanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.