FK2 · 1091-modda

1091-modda. Oʻsimliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga boʻlgan huquqlarni muhofaza qilish

Oʻsimliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga (seleksiya yutuqlariga) boʻlgan huquqlar patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi.

Seleksiya yutugʻiga patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda bunday patentni berish tartibi qonun bilan belgilab qoʻyiladi.

Seleksiya yutuqlariga boʻlgan huquqlar hamda bu huquqlarni muhofaza qilish bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan, basharti ushbu bobning qoidalari va qonunda oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksning tegishincha 1084 –– 1090-moddalari qoidalari tadbiq etiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.