FK2 · 1097-modda

1097-modda. Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqining boshqa shaxsga oʻtishi

Oshkor etilmagan axborotga ega boʻlgan shaxs bu axborot mazmunini tashkil etuvchi maʼlumotlarning hammasini yoki bir qismini litsenziya shartnomasi asosida boshqa shaxsga berishi mumkin.

Litsenziat shartnoma boʻyicha olgan axborotlarning maxfiyligini muhofaza qilishga doir kerakli choralarni koʻrishi shart va uni uchinchi shaxslarning noqonuniy foydalanishidan muhofaza qilishda litsenziarniki singari huquqlarga ega. Shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, axborotlarning maxfiyligini saqlash majburiyati, basharti tegishli maʼlumotlar oshkor etilmagan axborot tariqasida qolaversa, litsenziya shartnomasi bekor boʻlganidan keyin ham litsenziatning zimmasida boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.