FK2 · 1123-modda

1123-modda. Mol-mulkning vasiyat qilinmagan qismini meros qilib olish

Mol-mulkning vasiyat qilinmagan qismi ushbu Kodeksning 1134 –– 1143-moddalarida nazarda tutilgan tartibda vorislikka chaqiriladigan qonun boʻyicha merosxoʻrlar oʻrtasida taqsimlanadi.

Bu merosxoʻrlar jumlasiga mol-mulkning boshqa qismi vasiyatnoma boʻyicha meros qilib qoldirilgan qonun boʻyicha vorislar ham kiradilar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.