FK2 · 1181-modda

1181-modda. Bitimning shakli

Bitimning shakli u tuziladigan joy huquqiga boʻysunadi. Biroq chet elda tuzilgan bitim, agar Oʻzbekiston Respublikasi huquqi talablariga rioya etilgan boʻlsa, shaklga rioya etilmaganligi tufayli haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.

Loaqal ishtirokchilaridan bittasi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan tashqi iqtisodiy bitim, qayerda tuzilayotganidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuziladi.

Koʻchmas mulk xususidagi bitimning shakli bu mulk joylashgan mamlakat huquqiga boʻysunadi, Oʻzbekiston Respublikasida davlat reyestrida qayd etilgan koʻchmas mulkka nisbatan esa, Oʻzbekiston Respublikasi huquqiga boʻysunadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.