FK2 · 1185-modda

1185-modda. Ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor boʻlishi

Mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor boʻlishi, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi yoxud bekor boʻlishi uchun asos boʻlgan harakat yoki boshqa holat sodir boʻlgan paytda bu mol-mulk turgan mamlakatning huquqi boʻyicha aniqlanadi.

Bitim narsasi boʻlgan mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor boʻlishi, agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ushbu bitim boʻysundirilgan mamlakatning huquqi boʻyicha aniqlanadi.

Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli mol-mulkka nisbatan mulk huquqining vujudga kelishi egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tugagan paytda mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bilan aniqlanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.