FK2 · 691-modda

691-modda. Pudratchining hujjatlar va ishlardagi kamchiliklar uchun javobgarligi

Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi loyiha-smeta hujjatlari va qidiruv ishlaridagi kamchiliklar uchun, shu jumladan keyinchalik qurilish jarayonida, shuningdek tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari va bajarilgan qidiruv ishlari maʼlumotlari asosida barpo etilgan obyektni ishlatish jarayonida aniqlangan kamchiliklar uchun javobgar boʻladi.

Loyiha-smeta hujjatlarida yoki qidiruv ishlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda pudratchi buyurtmachining talabi bilan loyiha-smeta hujjatlarini bepul qayta ishlab chiqishi va shunga muvofiq zarur qoʻshimcha qidiruv ishlarini bajarishi, shuningdek, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, keltirilgan zararni buyurtmachiga toʻlashi shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.