FK2 · 706-modda

706-modda. Haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini buzganlik uchun ijrochining javobgarligi

Ijrochi haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda u keltirilgan zararni buyurtmachiga batamom toʻlashi shart, lekin bu toʻlov shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar bahosining ikki baravaridan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish vaqtida ijrochi majburiyatini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgandan kuchaytirilgan javobgarlik nazarda tutilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.