FK2 · 719-modda

719-modda. Tashuvchining transport vositalarini bermaganlik, joʻnatuvchining esa berilgan transport vositalaridan foydalanmaganlik uchun javobgarligi

Tashuvchi yuk tashish uchun transport vositalarini qabul qilingan talabnoma (buyurtma)ga yoki boshqa tashish shartnomasiga muvofiq bermaganligi uchun, joʻnatuvchi esa yukni taqdim etmaganligi yoki berilgan transport vositalaridan boshqa sabablarga koʻra foydalanmaganligi uchun transport ustavlari va kodekslari, shuningdek taraflarning kelishuvlari bilan belgilangan tarzda javobgar boʻladilar.

Agar transport vositalarini bermaslik yoki oʻz vaqtida bermaslik, yoxud transport vositalaridan foydalanmaslik:

yengib boʻlmas kuch yoki boshqa stixiyali hodisalar, shuningdek harbiy harakatlar tufayli;

muayyan yoʻnalishlarda yuk tashish tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda toʻxtatib yoki cheklab qoʻyilganligi tufayli yuz bergan boʻlsa, yuk tashuvchi va yuk joʻnatuvchi javobgarlikdan ozod qilinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.