FK2 · 742-modda

742-modda. Qarzni yangilab, qarz majburiyatiga aylantirish

Taraflarning kelishuviga muvofiq, oldi-sotdi, mulkni ijaraga olish yoki boshqa asoslar tufayli paydo boʻlgan har qanday qarz qarz majburiyati bilan almashtirilishi mumkin.

Qarzning qarz majburiyati bilan almashtirilishi ushbu Kodeksning 347-moddasida nazarda tutilgan majburiyatni yangilash toʻgʻrisidagi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi va qarz shartnomasi uchun belgilangan shaklda bajariladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.