FK2 · 757-modda

757-modda. Qarzdorning muqobil talablari

Moliya agenti qarzdordan toʻlovni amalga oshirishni talab qilgan taqdirda, qarzdor ushbu Kodeksning 343, 344 va 345-moddalariga muvofiq, oʻzining mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asoslangan, qarzdor pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechilganligi haqida yozma bildirishnoma olgan paytda ixtiyorida boʻlgan oʻz pul talabnomalarini hisobga olish uchun taqdim etishga haqli.

Mijoz qarzdor bilan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan qarzdorning pul talabnomalarini hisobga olishga boʻlgan huquqlarini moliya agentiga taqdim etmaslik toʻgʻrisida yozma shaklda kelishishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.