FK2 · 759-modda

759-modda. Bank omonati shartnomasi

Bank omonati shartnomasi boʻyicha birinchi tarafdan (omonatchidan) qabul qilib olgan yoki uning nomiga kelgan pul summasini (omonatni) qabul qilib olgan ikkinchi taraf (bank) shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda omonat summasini foizlar yoxud boshqa daromadlar bilan yoki ularsiz qaytarish majburiyatini oladi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Bank omonati shartnomasi omonat summasi bankka kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.

Fuqaro omonatchi boʻlgan bank omonati shartnomasi ommaviy shartnoma deb hisoblanadi.

Bank bilan omonatchining omonat qoʻyilgan hisobvaraq boʻyicha munosabatlariga nisbatan bank hisobvaragʻi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar, agar ushbu bobning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u bank omonati shartnomasining mohiyatidan kelib chiqmasa, qoʻllaniladi.

Ushbu bobning banklarga doir qoidalari qonunchilikka muvofiq yuridik shaxslardan omonatlar qabul qiluvchi boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan ham qoʻllanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.