FK2 · 763-modda

763-modda. Omonatga toʻlanadigan foizlar va (yoki) boshqa daromadlar

Bank omonatchiga omonat summasi uchun bank omonati shartnomasida belgilanadigan miqdorda foizlar va (yoki) boshqa daromadlar toʻlaydi.

Bank omonati shartnomasida toʻlanadigan foizlar miqdori haqida shart boʻlmagan taqdirda, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga toʻlanadigan miqdorda foizlar toʻlashi shart.

Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga toʻlanadigan foizlar va (yoki) boshqa daromadlar miqdorini oʻzgartirish huquqiga ega.

Bank foizlar va (yoki) boshqa daromadlar miqdorini kamaytirgan taqdirda, ularning yangi miqdori ular kamaytirilganligi haqida omonatchilarga xabar berilganidan keyin qoʻyilgan omonatlarga nisbatan qoʻllaniladi. Agar bank omonati shartnomasida boshqa muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu xabarga qadar qoʻyilgan omonatlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar va (yoki) boshqa daromadlar miqdori tegishli xabar berilgan paytdan bir oy oʻtganidan keyin qoʻllaniladi.

Omonatni muayyan muddat oʻtgach yoki shartnomada nazarda tutilgan vaziyatlar yuz berganidan keyin qaytarish sharti bilan qoʻyilgan omonat yuzasidan bank omonati shartnomasida belgilangan foizlar va (yoki) boshqa daromadlar miqdori, agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, bank tomonidan bir tomonlama kamaytirilishi mumkin emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.