FK2 · 773-modda

773-modda. Mijozning pul mablagʻlarini tasarruf etishi

Mijoz bankdagi hisobvaraqda turgan oʻz pul mablagʻlarini mustaqil tasarruf etadi.

Bank mijozning pul mablagʻlaridan qay tarzda foydalanishni belgilashga va nazorat qilishga hamda uning pul mablagʻlarini oʻz xohishiga koʻra tasarruf etish huquqlariga qonunda yoki bank hisobvaragʻi shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa cheklashlarni belgilashga haqli emas.

Mijozning bankdagi hisobvaraqda turgan pul mablagʻlari qonunchilikda belgilangan tartibda naqd pul shaklida olinishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.