FK2 · 779-modda

779-modda. Hisobvaraqni kreditlash

Bank hisobvaragʻi shartnomasiga muvofiq bank mijozning hisobvaragʻida pul mablagʻlari yoʻqligiga qaramay, mijozning talablariga muvofiq toʻlovlarni amalga oshirgan hollarda bank mijozga toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab tegishli summaga kredit bergan (hisobvaraqni kreditlash) hisoblanadi.

Taraflarning hisobvaraqni kreditlash bilan bogʻliq huquq va majburiyatlari, agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz va kredit toʻgʻrisidagi qoidalar bilan belgilanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.