FK2 · 832-modda

832-modda. Vositachilik shartnomasi

Vositachilik shartnomasi boʻyicha bir taraf (vositachi) ikkinchi tarafning (komitent) topshirigʻi boʻyicha oʻz nomidan, biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini oladi. Vositachilik shartnomasi yozma ravishda tuzilishi shart.

Vositachi tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim boʻyicha, garchi bitimda komitentning nomi tilga olingan yoki u bitimni bajarish boʻyicha uchinchi shaxs bilan bevosita munosabatlarga kirishgan boʻlsa ham, vositachi huquqlarga ega boʻladi va zimmasiga majburiyat oladi.

Vositachilik shartnomasi muayyan muddatga yoki amal qilish muddati koʻrsatilmagan holda, qaysi hududda bajarilishi koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmagan holda, komitent vositachiga topshirgan komitentning manfaatlarini koʻzlab va uning hisobidan bitim tuzish huquqini uchinchi shaxslarga bermaslik haqida majburiyat olgan holda yoki bunday majburiyatni olmagan holda, vositachilik narsasi boʻlgan tovarlarning assortimenti xususida shartlar qoʻyilgan yoki qoʻyilmagan holda tuzilishi mumkin.

Qonunchilikda ayrim turdagi vositachilik shartnomasining xususiyatlari nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.