Vositachi ushbu Kodeksning 343-moddasiga muvofiq vositachilik shartnomasi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan summalarni komitent hisobidan oʻziga tushgan hamma summalardan ushlab qolishga haqli. Biroq komitentning oʻz talablarini qondirish navbati boʻyicha garov saqlovchilar oldida imtiyozdan foydalanadigan kreditorlari bu talablarni vositachi ushlab qolgan summalardan qanoatlantirish huquqidan mahrum etilmaydilar.
Shu kodeksdagi yaqin moddalar
- 836-moddaVositachi sotadigan mol-mulkning bahosi
- 837-moddaKomitentning koʻrsatmalaridan chetga chiqish
- 838-moddaVositachilik narsasi hisoblangan ashyolarga boʻlgan huquq
- 840-moddaKomitentning mol-mulki yoʻqolganligi, yetishmasligi yoki shikastlanganligi uchun vositachining javobgarligi
- 841-moddaKomitentning vositachilik shartnomasi boʻyicha ijroni qabul qilishi
- 842-moddaVositachilik topshirigʻini bajarish uchun qilingan xarajatlarni qoplash
Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?
HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.
AI'dan bepul so'rashMatn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.