Tovar omborlari tovarlarni saqlashga qabul qilganligini tasdiqlab, quyidagi ombor hujjatlarini berishi mumkin:
ikki qismli ombor guvohnomasi;
oddiy ombor guvohnomasi;
ombor pattasi.
Ikki qismli ombor guvohnomasi, uning har bir qismi va oddiy ombor guvohnomasi qimmatli qogʻozlar boʻladi.
Ikki qismli va oddiy ombor guvohnomasi garov narsasi boʻlishi mumkin.