FK2 · 927-modda

927-modda. Sugʻurta shartnomasining shakli

Sugʻurta shartnomasi yozma yoki elektron shaklda tuzilishi lozim.

Bu talabga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy sanalmasligiga sabab boʻladi.

Sugʻurta shartnomasi bitta hujjatni tuzish yoxud sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchiga uning yozma yoki ogʻzaki arizasiga binoan sugʻurtalovchi imzolagan, sugʻurta shartnomasining shartlarini oʻz ichiga olgan sugʻurta polisini topshirish yoʻli bilan tuzilishi mumkin. Bu holda sugʻurta qildiruvchining sugʻurtalovchi taklif etgan shartlarda shartnoma tuzishga rozi ekanligi sugʻurtalovchidan koʻrsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va sugʻurta mukofoti toʻlash yoxud –– sugʻurta mukofoti boʻlib-boʻlib toʻlanganda — birinchi badalni toʻlash orqali tasdiqlanadi.

Sugʻurtalovchi shartnoma tuzish chogʻida sugʻurtaning alohida turlari boʻyicha sugʻurta shartnomasi (sugʻurta polisi)ning oʻzi ishlab chiqqan standart shakllarini qoʻllanishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.