FK2 · 947-modda

947-modda. Sugʻurta shartnomasi amal qilishining boshlanishi

Sugʻurta shartnomasi, agar unda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta mukofoti yoki birinchi badal toʻlangan paytda kuchga kiradi.

Agar shartnomada sugʻurta amal qilishi boshlanishining boshqacha muddati nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnomada shartlashilgan sugʻurta sugʻurta shartnomasi kuchga kirganidan keyin yuz bergan sugʻurta hodisalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.