FK2 · 961-modda

961-modda. Majburiy davlat sugʻurtasi

Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini taʼminlash maqsadida qonunda hayot, sogʻliq va mol-mulkning majburiy davlat sugʻurtasi belgilab qoʻyilishi mumkin.

Majburiy davlat sugʻurtasi ana shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.

Majburiy davlat sugʻurtasi bevosita sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida unda koʻrsatilgan davlat sugʻurta tashkilotlari yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sugʻurtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu bobning qoidalari, agar sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa va sugʻurta boʻyicha mavjud munosabatlar mohiyatidan kelib chiqmasa, majburiy davlat sugʻurtasiga nisbatan qoʻllaniladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.