FK2 · 983-modda

983-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda ularda ishtirok etish bilan bogʻliq talablar

Fuqarolar va yuridik shaxslarning qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni, shu jumladan garov oʻyinlarini tashkil etish yoki ularda ishtirok etish bilan bogʻliq talablari sudda himoya qilinmaydi, bundan ushbu oʻyinlarda aldov, zoʻravonlik, tahdid qilish taʼsirida yoxud oʻz vakilining mazkur oʻyinlar tashkilotchisi bilan gʻarazli kelishuvi tufayli ishtirok etgan shaxslarning talablari va ushbu Kodeksning 984-moddasida koʻrsatilgan munosabatlardan kelib chiqadigan talablar mustasno.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.