FPK · 111-modda

111-modda. Daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish

Daʼvoni taʼminlash choralari ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etayotgan shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.

Hakamlik sudining daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori daʼvoni taʼminlash choralari sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos boʻladi.

Daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay yuboriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.