Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislarga, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar yoki joyida koʻzdan kechirishni oʻtkazishga doir xarajatlar uchun zarur boʻlgan summalar tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan taraf tomonidan sudning depozit hisobvaragʻiga oldindan kiritiladi. Agar bu iltimosnoma ikkala taraf tomonidan berilgan boʻlsa yoki guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni, tarjimonlarni chaqirish, joyida koʻzdan kechirish sudning tashabbusi bilan amalga oshirilsa, talab qilinadigan summani taraflar teng miqdorda kiritadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, toʻlanishi lozim boʻlgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvaragʻidan toʻlanishi mumkin. Bu summa ishda ishtirok etuvchi shaxslardan sud hujjati chiqarilayotganda sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilgan holda ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi.
Shu kodeksdagi yaqin moddalar
- 132-moddaIshni koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan chiqimlar
- 133-moddaSud xarajatlarini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash va ularning miqdorlarini kamaytirish
- 134-moddaEkspertlarga, mutaxassislarga, guvohlarga, tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalarni toʻlash va ularning oʻrtacha ish haqini saqlab qolish
- 136-moddaVakilning yordami uchun haq toʻlashga doir xarajatlarning oʻrnini qoplash
- 137-moddaYoʻqotilgan vaqt uchun haq undirish
- 138-moddaSud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash
Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?
HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.
AI'dan bepul so'rashMatn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.