FPK · 159-modda

159-modda. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani yetkazib berish

Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma chaqirilayotgan shaxsga taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs tomonidan koʻrsatilgan manzil boʻyicha yetkazib beriladi. Agar fuqaro sudga maʼlum qilingan manzilda haqiqatda yashamasa, sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma uning ish yoki oʻqish joyiga yuborilishi mumkin.

Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma aloqa tashkiloti orqali topshirilganligi toʻgʻrisida tilxat olish yoʻli bilan yoki xat-hujjat tashuvchi orqali yuboriladi.

Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) ishda ishtirok etuvchi shaxsning roziligi bilan unga ish boʻyicha chaqirilayotgan boshqa shaxsga topshirish uchun sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani berishi mumkin.

Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani yetkazib berish vazifasi yuklatilgan shaxs hujjatning ikkinchi nusxasini chaqiriluvchining uni olganligi toʻgʻrisidagi imzosi bilan sudga qaytarishi shart.

Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan elektron pochta manzili koʻrsatilgan taqdirda, sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.