FPK · 163-modda

163-modda. Ish yuritish vaqtida familiyani, ismni, otasining ismini oʻzgartirish, manzilning oʻzgarishi

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida familiyasini, ismini, otasining ismini oʻzgartirganligi, manzili oʻzgarganligi haqida sudga xabar qilishi shart. Bunday xabar mavjud boʻlmagan taqdirda, sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma sudga maʼlum boʻlgan oxirgi manzil boʻyicha yuboriladi va, garchi chaqiriluvchi bu manzilda ortiq yashamasa yoki boʻlmasa ham, u yetkazib berilgan deb hisoblanadi.

Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron pochta manzilini sudga maʼlum qilgan boʻlsa, ish yuritilayotgan vaqtda ularning oʻzgarganligi toʻgʻrisida sudni xabardor qilishi kerak.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.