FPK · 18-modda

18-modda. Sud tarkibining oʻzgarmasligi

Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan koʻrilishi boshlangan ish shu sudya yoki sud tarkibi tomonidan koʻrib tugatilishi lozim.

Sudya yoki sudyalardan biri quyidagi hollarda almashtirilishi mumkin:

oʻzini oʻzi rad qilish yoki sudyani rad qilish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda arz qilingan va qanoatlantirilganda;

sudya yoʻqligi tufayli ishni oʻz vaqtida koʻrishning imkoniyati boʻlmaganda.

Sudya almashtirilgandan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.