FPK · 211-modda

211-modda. Sud majlisida raislik qiluvchi

Sud majlisida shu sudning raisi, uning oʻrinbosari yoki sudya raislik qiladi.

Sud majlisida raislik qiluvchi (bundan buyon matnda raislik qiluvchi deb yuritiladi) sud majlisini boshqarib, ishning barcha holatlari, taraflarning huquq va majburiyatlari toʻliq, har tomonlama va xolisona aniqlanishini, sud protsessining tarbiyaviy taʼsirini taʼminlaydi, koʻrilayotgan ishga aloqasi boʻlmagan hamma narsani sud muhokamasidan chetlatadi.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan, guvohlardan, ekspertlardan, mutaxassislardan, tarjimonlardan birortasi raislik qiluvchining xatti-harakatlariga eʼtiroz bildirgan taqdirda, bu eʼtirozlar sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va masala sud tomonidan hal qilinadi.

Raislik qiluvchi sud majlisida tegishli tartibni taʼminlash uchun zarur choralar koʻradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.