Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni kelmagan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoʻqligida koʻrish mumkinligi toʻgʻrisidagi fikrlarini eshitadi va sud muhokamasini davom ettirish yoki ish muhokamasini keyinga qoldirish haqida ajrim chiqaradi. Agar chaqirilgan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, ularga nisbatan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburlov choralari qoʻllanilishi mumkin. Agar chaqirilgan guvoh ikkinchi chaqiruv boʻyicha sud majlisiga kelmasa, u sudning ajrimiga binoan majburiy tartibda keltirilishi mumkin.
Shu kodeksdagi yaqin moddalar
- 219-moddaSudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomalarini hal qilishi
- 220-moddaIshda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi oqibatlari
- 221-moddaTaraflar sud majlisiga uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligining oqibatlari
- 223-moddaIsh muhokamasini keyinga qoldirish
- 224-moddaIsh muhokamasi keyinga qoldirilganida guvohlarni soʻroq qilish
- 225-moddaIshni mazmunan koʻrishning boshlanishi
Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?
HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.
AI'dan bepul so'rashMatn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.