FPK · 238-modda

238-modda. Audio yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish va ularni tekshirish

Xususiy tusga ega boʻlgan audio- yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish, shuningdek ularni tekshirish chogʻida ushbu moddaning qoidalari qoʻllaniladi.

Audio- yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish sud majlisi zalida yoki shu maqsad uchun maxsus jihozlangan boshqa xonada, sud majlisi bayonnomasida dalillarning qayta namoyish qilish manbalari belgilari va qayta namoyish qilish vaqti koʻrsatilgan holda amalga oshiriladi. Shundan keyin sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ular vakillarining tushuntirishlarini eshitadi.

Zarur boʻlgan hollarda, audio yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish toʻliq yoki qisman takrorlanishi mumkin.

Audio- yoki videoyozuvdagi mavjud maʼlumotlarni aniqlash maqsadida sud tomonidan mutaxassis jalb etilishi, shuningdek ekspertiza tayinlanishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.