FPK · 261-modda

261-modda. Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish

Sud hal qiluv qarori yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolarni yoki ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni oʻz tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga koʻra tuzatishi mumkin.

Hal qiluv qarori yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolarni yoki ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish haqidagi ariza u topshirilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqiladi.

Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni yoki ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq, bu shaxslarning kelmaganligi tuzatishlarni kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.

Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish yoxud tuzatishlar kiritishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.

Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.