FPK · 270-14-modda

270-14-modda. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasining xususiyatlari

Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ishlar daʼvo arizasi berilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sud tomonidan ish beruvchi, ish tashlashga rahbarlik qiluvchi, shuningdek prokuror ishtirokida koʻrib chiqiladi. Uchinchi shaxslar sud majlisiga chaqirilishi mumkin.

Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud majlisiga kelmasa, ish ularning yoʻqligida koʻrilishi mumkin.

Ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish chogʻida sud ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorning qonuniyligini, ish tashlashni amalga oshirishning qonunda belgilangan talablariga rioya etilganligini tekshiradi, shuningdek ish tashlash tufayli huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlar buzilgan-buzilmaganligini aniqlaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.