FPK · 29-modda

29-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining sudloviga tegishli ishlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs ariza beruvchi boʻlgan farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni, shuningdek qonun bilan oʻz vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni koʻradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari alohida holatlardan kelib chiqib, har qanday ishni fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudidan olishga va uni birinchi instansiya sudi sifatida oʻz ish yurituviga qabul qilishga yoki ishni bir suddan boshqa fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga oʻtkazishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.