FPK · 324-modda

324-modda. Ariza berish

Oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda oʻzi yashab turgan joydagi sudga oʻzini toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilishni rad etganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlganda voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza sud tomonidan qabul qilinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.