FPK · 358-1-modda

358-1-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari

Mediativ kelishuv taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, uni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish mediativ kelishuv tuzgan tarafning arizasiga binoan koʻrib chiqiladi.

Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraf yashaydigan joydagi yoki turgan joydagi yoxud, agar mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraf yashaydigan joy yoki turgan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan joydagi sudga beriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.