FPK · 359-modda

359-modda. Chet el fuqarolari va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlari

Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga ega va ular fuqarolik protsessual huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi.

Chet el tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga ega va ular oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun fuqarolik protsessual huquqlardan foydalanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlarining maxsus cheklanishiga yoʻl qoʻyilgan davlatlarning fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javob tariqasidagi cheklovlar belgilanishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.