FPK · 369-modda

369-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi

Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza, agar Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmaydigan muddatda sud majlisida koʻrib chiqiladi.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning sudga kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.

Sud arizani koʻrib chiqishda sudga taqdim etilgan, arz qilingan talablarni va bildirilgan eʼtirozlarni asoslovchi dalillarni tekshirish yoʻli bilan holatlarni aniqlaydi.

Sud arizani koʻrib chiqishda chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqishga haqli emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.