Quyidagi hollarda moddiy huquq normalari buzilgan yoki notoʻgʻri qoʻllanilgan deb hisoblanadi, agar sud:
1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini qoʻllamagan boʻlsa;
2) qoʻllanilmasligi lozim boʻlgan qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini qoʻllagan boʻlsa;
3) qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini notoʻgʻri talqin qilgan boʻlsa.