FPK · 389-2-modda

389-2-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish

Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya etilgan holda berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi.

Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish boʻyicha sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.

Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning apellyatsiya tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.