Apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib:
1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga;
2) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga;
4) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli.