FPK · 413-modda

413-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) toʻldirish, oʻzgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni qaytarib olish

Kassatsiya shikoyati bergan shaxs kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga haqli.

Kassatsiya protesti keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli.

Shikoyatdan voz kechilgan va protest chaqirib olingan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqarib, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.

Kassatsiya shikoyatidan (protestidan) voz kechilganligi (uning chaqirib olinganligi) sababli u boʻyicha ish yurituvning tugatilishi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, boshqa kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.