FPK · 419-1-modda

419-1-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berish huquqi

Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilmagan birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida kassatsiya instansiyasi sudiga quyidagi hollarda sudning hal qiluv qaroridan ushbu Kodeksning 405-moddasida belgilangan tartibda alohida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin:

1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda;

2) sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan hollarda.

Birinchi instansiya sudining boshqa ajrimlari ustidan xususiy shikoyat (protest) berilmaydi, biroq bunday ajrimlarga qarshi eʼtirozlar kassatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.